
«Bu kabi qator tuturiqsiz bayonotlar birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan erishilgan davlatlararo munosabatlarning ruhi va darajasiga mutlaqo mos kelmaydi.
Hurmatli Aleksandr Grigorevich, avvalo, o‘z mamlakatining ichki va tashqi masalalari bilan shug‘ullansa oqilona yo‘l tutgan bo‘lar edi. Zotan, bugungi kunda Belarusdagi muammolar «yashirib» qo‘yilgani bilan, butkul bartaraf etilmagan.
Bunday holatda o‘zini «rangli inqiloblar»ni bartaraf etish bo‘yicha yetuk «ekspert» sifatida ko‘rsatish, boshqa mamlakatlardagi vaziyatga baho berish va ularning tashqi siyosatini sharhlashga urinishning hojati yo‘q.
O‘zbekiston mustaqil suveren davlat sifatida o‘z kelajagiga nisbatan aniq qarashga ega hamda faqatgina xalq va davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda milliy taraqqiyot strategiyasi yo‘lida olg‘a intilishda davom etadi.
Yana bir bor barcha «maslahatchi»larga o‘z ishlari bilan shug‘ullanishlarini tavsiya qilamiz», degan rasmiy manba.
O‘zbekistonAleksandr GrigorevichRangli InqiloblarMilliy TaraqqiyotDavlatlararo MunosabatlarTashqi Siyosat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar