08:49 / 11.02.2022
1 073

Qarzdorlik muddatini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda

Qarzdorlik muddatini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda
Shartnomaviy munosabatlar fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadi va o‘z majburiyatlarini bajarmagan sub’ektlar shartnoma shartlariga yoki fuqarolik qonunchiligiga ko‘ra javobgar bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Adliya vazirligi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida» qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihada quyidagi o‘zgartirishlar nazarda tutilmoqda:
• debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini o‘tkazib yuborganlik;
• korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablag‘lar bo‘lgan holda to‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzganlik;
• shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga mulkiy zarar yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarliklar bekor qilinmoqda.

Hozirda shartnoma taraflari o‘z majburiyatlarini bajarmaganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ma’muriy javobgarlik ham belgilangan.

Bu esa shartnoma taraflariga majburiyatni bajarmaganlik uchun ikkita ta’sir chorasi qo‘llanilishiga, ya’ni ham ma’muriy, ham mulkiy javobgarlikka tortilishiga olib kelmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ilg‘or xorijiy davlatlar qonunchiligida fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilmasligi holatini ma’muriy huquqbuzarlik sifatida e’tirof etish amaliyoti mavjud emas.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorlik muddatini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda