Joriy yilning 12 fevral kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unga ommaviy axborot vositalari va internet nashrlar xodimlari, blogerlar taklif etildilar.
Xususan, 2021 yilda boshqarma tomonidan 3,1 trln so‘mlik (296 045 ta) ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, shundan 2,7 trln so‘mlik (218 904 ta) yoki o‘tgan yilga nisbatan 40 mingtaga ko‘p hujjatlar ijrosi tamomlangan.
Ushbu davrda jami 814,7 mlrd so‘m, shu jumladan davlat foydasiga 390,6 trln so‘m amalda undirilib, o‘tgan yilga nisbatan umumiy undiruv 260,6 mlrd so‘mga, davlatga undiruv 135,7 mlrd so‘mga oshdi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar foydasiga 372,9 mlrd so‘m, banklarga 164,1 mlrd so‘m va fuqarolarga 51,1 mlrd so‘m amalda undirildi.
Joriy etilgan yangi tizimga ko‘ra, jinoiy zarar, davlat boji, jinoiy va ma’muriy jarimalar hamda davlat foydasiga boshqa turdagi undiruvlardan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalariga 28,2 mlrd so‘m o‘tkazib berildi.
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida, 2,8 mlrd so‘mlik (95 ta) oldindan to‘lov amalga oshirilib, shundan 1,3 mlrd so‘mlik (6 ta) uy-joy oldindan to‘lov sifatida berildi. Ishsiz aliment to‘lovchilarning 1761 nafari ishga joylashtirildi, 1553 ta oilani yarashtirishga erishildi.
Byuro organlari tomonidan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlagan 429 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy, 21 nafar shaxsga nisbatan jinoiy javobgarlik masalasi hal etildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi