So‘nggi kunlarda ayrim hududlarda o‘qituvchilarni maktab muassasalarida dars jarayonidan tashqari kechki vaqtlarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etilayotgani haqida ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Ushbu murojaatlar yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi murojaat bilan chiqdi.
«Maktablarda o‘qish jarayonidan tashqari vaqtlarda o‘tkazilayotgan mazkur tadbirlar uyushmagan va ta’lim bilan band bo‘lmagan (18-30 yosh) yoshlarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularni tashkil etishga Yoshlar ishlari agentligi, xususan mahallalardagi yoshlar yetakchilari mas’ul etib belgilangan.
Bunda Xalq ta’limi vazirligiga maktab infratuzilmasidan (kutubxona, sport zal, kompyuter xonalari, tadbirlar zali) oqilona foydalanish hamda maktablarni mahalla uchun «ma’naviyat maskani»ga aylanishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Xalq ta’limi vazirligi barcha hududiy boshqarmalarga ushbu tadbirlarga maktab ma’muriyati, pedagog xodimlar va maktab o‘quvchilarini majburan jalb etilishi qat’iyan ta’qiqlanganini ma’lum qiladi», — deyiladi xabarda.
Shu o‘rinda Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qaroriga asosan, xalq ta’limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish qat’iyan taqiqlanganini yana bir bor eslatgan.
Mazkur qarorga ko‘ra, yuqoridagi talablarni buzgan Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tegishli javobgarlikka tortilishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi