20:35 / 14.02.2022
1 542

Toshkentda kuyov to‘yi kuni yo‘qolib qoldi

Toshkentda kuyov to‘yi kuni yo‘qolib qoldi
Toshkent shahrining Chilonzor tumani 15-dahasida yashovchi Abbos G‘ulomov bedarak yo‘qolgani haqida uning qarindoshlari «Daryo»ga murojaat qilgan.

Abbos G‘ulomov.
Yaqinlarining ma’lum qilishicha, 25 yoshli Abbos G‘ulomovning 12 fevral kuni to‘y marosimi bo‘lishi rejalashtirilgan. Kuyov to‘yi o‘tadigan kuni ertalab uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

«Qo‘lidagi mobil telefonlari o‘chiq. To‘yga barcha tayyorgarlik ko‘rib qo‘yilgandi. Hammamiz shokdamiz», — dedi yigitning qarindoshlaridan biri.

Kuyovni qidirish uchun ichki ishlar bo‘limiga xabar berilgan. Shuningdek, bojxona organlariga uni chet elga chiqib ketgani bo‘yicha ham murojaat yuborilgan. Aytilishicha, u chet mamlakatga chiqib ketmagan.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Abbos G‘ulomov bedarak yo‘qolgan fuqaro sifatida ro‘yxatga olingan va ayni vaqtda qidirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda kuyov to‘yi kuni yo‘qolib qoldi