Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Nishon tuman bo‘limi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Nishon filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda aniqlanishicha, filialining sobiq mutaxassisi J.G‘. “Humo markazi” bazasiga bank bankomatidan mijozlarga naqd pul berilmagani sababli yechib olingan pullarini plastik kartalarga qaytarib berish haqida sobiq boshqaruvchining nomidan soxta murojaatlar yuborgan.
So‘ng mijozlarning plastik kartalarini o‘zining qo‘l telefoniga ulab, jami 200,4 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Qashqadaryo viloyat mintaqaviy filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda, fuqaro Sh.I. ruhiy nosog‘lom fuqaro X.A.ni “R.A.” MCHJga rahbar sifatida qayta rasmiylashtirib, MCHJga ajratilgan 300 million so‘m kredit mablag‘ini naqdlashtirish orqali talon-toroj qilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda