Foto: DXX
1969 yil Xiva shahrida tug‘ilgan fuqaro «D.U.» o‘g‘li — 1994 y.t. «D.X.» bilan birgalikda 2009-2015 yillarda Rossiya Federatsiyasida mehnat migranti sifatida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolarining ta’siriga tushib qoladi.
Natijada, 2015 yilning sentabr oyida ota-bola o‘zlarining shaxsini oshkor qilmaslik maqsadida Tojikiston Respublikasining soxta pasportini rasmiylashtirib, Turkiya orqali Suriya davlatiga borishadi hamda «Islom Davlati» xalqaro terroristik tashkiloti a’zolari safiga qo‘shilib, jangovor harakatlarda ishtirok etishadi.
Keyinroq «D.U.» Suriyadan MDH davlatlaridan biriga qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirish maqsadida qaytib keladi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining xorijiy hamkorlar bilan birgalikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida «D.U.» ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.
Ta’kidlanishicha, qo‘lga olish vaqtida «D.U.» faol qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa, keyingi jarayonlarda u o‘zining «jihod» qilish borasidagi qarashlaridan voz kechmaganligini bildirgan.
Hozirda «D.U.»ga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, «D.U.»ning o‘g‘liga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi