07:30 / 17.02.2022
1 042

Samarqandda bozorqo‘mni 1600 dollarga "tushirgan" tovlamachilar qo‘lga olindi

Samarqandda bozorqo‘mni 1600 dollarga "tushirgan" tovlamachilar qo‘lga olindi
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi bozorlarning birida bozorqo‘mni qo‘rqitib, undan 1500 dollar undirgan tovlamachilar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Paxtachi tumanidagi «Sanobar savdo kompleksi 2020» MCHJda savdo qiluvchi fuqarolar — 68 yoshli A.K. va 64 yoshli Q.B. hokimiyat idoralariga bozor hududida savdo qilish uchun sharoit yaratilmagani va patta tarqatilmayotgani haqida shikoyat qilgan. Keyinchalik esa savdo kompleksi rahbariga bosim o‘tkazib, arizani qaytarib olish evaziga undan pul talab qilgan.

2022 yilning 14 fevral kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda bozor rahbaridan tovlamachilik yo‘li bilan 1600 dollar olgan otaxonlar jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda bozorqo‘mni 1600 dollarga "tushirgan" tovlamachilar qo‘lga olindi