15:17 / 19.02.2022
1 585

Farg‘onada haydovchini bo‘g‘ib o‘ldirgan 4 nafar shaxsga hukm o‘qildi

Farg‘onada haydovchini bo‘g‘ib o‘ldirgan 4 nafar shaxsga hukm o‘qildi
Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida qotillik jinoyatini sodir etgan 4 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi, deb xabar beradi O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, hali 30 yoshga ham to‘lmagan B.M. va S.U. qarzlarini uzish maqsadida reja tuzgan. Ular 2021 yil 14 iyun kuni Marg‘ilon shahridagi qurilish materiallari bozoridan temir mahsulotlarini 13 million 460 ming so‘mga sotib olib, sotuvchiga 100 dollarni 1 million 60 ming so‘m hisobida bergan. Qolgan pulni Quvasoyda yukni olib boradigan haydovchidan berib yuborishga kelishgan. Ularning maqsadi haydovchini o‘ldirib, temirlarni qo‘lga kiritish bo‘lgan. Yuk tashuvchi A.U. boshqaruvidagi «MOS 2125» («Moskvich kombi») rusumli avtomashinasida mahsulotlarni olib shogirdi — voyaga yetmagan R.H. bilan yo‘lga chiqqan.

Haydovchi Chek qishlog‘iga yetib borib, B.M.ga telefon qilganda, yukni bolalar tushirib olishga yordam berishini aytgan. Voyaga yetmagan Q.A. va O.J. mashinaning orqa o‘rindig‘iga o‘tirib, qir-adirliklar tomon boshlab borgan. B.M. va S.U. ham ularning ketidan manzilga yetib kelgan. Yarim soatlardan so‘ng ular haydovchini shogirdining ko‘z o‘ngida arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. R.H.ning qo‘l-oyoqlarini bog‘lab yukxonaga, murdani esa o‘rindiqqa joylashgan. Shundan so‘ng mashinadagi temir mahsulotlarini uyga tushirilib, jinoyat izlarini yo‘q qilishga harakat qilingan.

B.M. avtomashinani Toshloq tumanidagi «Abdulhamid ota» fermer xo‘jaligi yer maydoni yoniga boshqarib borib, o‘sha yerda qoldirgan. Shu payt R.H. nafas olayotganini ko‘rib, qo‘llari bilan bo‘g‘ib, hushidan ketkazgan. Uni o‘lgan deb hisoblab, voqea joyidan ketgan.

Qasddan o‘ldirishga qaratilgan jinoiy qilmishlarini o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmagan. Voyaga yetmagan R.H. hushiga kelib, sodir etilgan jinoyat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organga xabar bergan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sudi tomonidan mazkur ish ko‘rib chiqilib, hukm o‘qilgan.

B.M.ga 22 yil, S.U.ga 19 yil, kasb-hunar maktabining birinchi bosqich o‘quvchilari Q.A. va O.J.ga esa 14 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada haydovchini bo‘g‘ib o‘ldirgan 4 nafar shaxsga hukm o‘qildi