08:00 / 22.02.2022
1 150

Qashqadaryolik bloger yer olib berishni va’da qilib, 7 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi

Qashqadaryolik bloger yer olib berishni va’da qilib, 7 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi
Foto: Qashqadaryo viloyat IIB
Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi bloger fuqaroga 3 sotix yer olib berishni va’da qilib, kelishilgan 7 million so‘m pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

«Daryo» manbasining aniqlashtirishicha, YouTube blogeri, viloyatning G‘uzor tumanida yashovchi Sh.M. shahar va tuman hokimiyatlarida tanishlari ko‘pligi haqidagi yolg‘on gaplari bilan o‘zgalar ishonchini qozonib, mansabdor tanishlari orqali yer maydonlarini olib berishni va’da qilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB
«Sh.M. 2022 yil 21 fevral kuni Chiroqchi tumani hokimligidagi tanishi orqali maishiy xizmat ko‘rsatishga ajratilgan manzildan 3 sotix yerni olib berish evaziga Qarshi shahridagi choyxonalardan birida fuqaro E.O.dan 7 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida viloyat IIB va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi», — deyiladi viloyat IIB axborot xizmati tarqatgan xabarda.

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB
Qo‘shimcha qilinishicha, holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryolik bloger yer olib berishni va’da qilib, 7 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi