
Foto: IMAN
Islom moliyasi sohasida faoliyat olib boruvchi IMAN fintek kompaniyasi 1 mln dollar miqdordagi investitsiyani o‘ziga jalb qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Battery Road Digital Holdings, Tesla Capital, Le Mercier’s Capital, Uzcard Ventures, IT-Park Investments va Vector Crypto Capital kabi oltita venchur fondi kompaniya sarmoyadorlariga aylandi.
Jalb qilingan pullar mobil ilovalar, ta’lim loyihalari, shuningdek, yangi bozorlardagi imkoniyat va sharoitlarni o‘rganishga sarflanadi.
Jamoa asosan musulmonlar yashaydigan va elektron tijorat yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarga kirish rejalarini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yib bo‘lgan.
Kompaniya ikkita mahsulotni taqdim etadi: IMAN Invest sarmoyalar xizmati va IMAN Pay muddatli to‘lov xizmati. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar