
Davlatimizda olib borilayotgan soliq siyosati barqaror iqtisodiy o‘sish suratlarini ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiyalash orqali mamlakatning gullab yashnashi va aholi turmush darajasini yanada yuksaltirishda eng muhim omillardan biri bo‘lib qolmoqda.
Bu borada byuroning Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan soliq organlari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida 7 mlrd. 227 mln.so‘mlik 217 ta soliq qarzdorligiga oid ijro ishlari bo‘yicha undiruv amalga oshirildi.
Misol uchun, hamkorlikdagi samarali majburiy ijro harakatlari natijasida "Oqoltin tomorqa xizmati" mas’uliyati cheklangan jamiyatining 1 mlrd. 239 mln.so‘mlik ijro hujjati tamomlangan bo‘lsa, "Akaltyn reserve" mas’uliyati cheklangan jamiyatining 1 mlrd. 746 mln.so‘mlik soliq qarzdorligi amalda undirilishi ta’minlandi.
Soliq idoralari bilan hamkorlikdagi bunday tadbirlar tizimli ravishda davom ettiriladi.
Soliq SiyosatiIqtisodiy O‘sishOqoltin TumanHamkorlik TadbirlarIjro IshlariAholi Turmush Darajasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar