
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida fuqaro bank mas'ullari bilan kelishib, kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgani ma'lum boʻldi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qarshi tuman boʻlimi tomonidan «Mikrokreditbank» ATB Qashqadaryo viloyati filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda fuqaro B.S. filialning amaliyot boʻlimi mas'ul shaxslari bilan til biriktirib, fuqaro N.E. nomiga «U.C» MChJni tashkil etib, MChJga 1,9 milliard soʻm kredit ajratgani aniqlangan U shundan 1,1 milliard soʻmini turli sub'ektlarga mahsulotlar sotib olish uchun oʻtkazish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar