16:49 / 04.03.2022
5 819

Rossiyadagi vaziyat sabab O‘zbekistonga soya solayotgan uchta eng katta xavf ma’lum bo‘ldi

Rossiyadagi vaziyat sabab O‘zbekistonga soya solayotgan uchta eng katta xavf ma’lum bo‘ldi
Foto: «TASS»
Hozirgi vaqtda Rossiyadagi vaziyat tufayli O‘zbekiston uchun kutilishi mumkin bo‘lgan eng katta uchta xavf mavjud. Bu haqida AFC Uzbekistan fondi tomonidan tarqatilgan xatdan ma’lum bo‘ldi.

Bular:
- Rossiya rublining qadrsizlanishi;
- O‘zbekistonda mavjud Rossiya banklariga qarshi qo‘llangan sanksiyalar;
- Rossiyadagi o‘zbek migrantlari tomonidan jo‘natiladigan pul o‘tkazmalarining qisqarishi.

Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigidir. O‘zbek so‘mi qozoq tengesi kabi odatda rubl qadrsizlangan vaqtda narxi tushadi.

Bunga 2020 yilning mart oyidagi Covid-19 pandemiyasi ayni avjiga chiqqanda neft narxlarining nolgacha tushib ketgani yaqqol misol bo‘la oladi.

Biroq so‘m kursi bugungacha barqaror bo‘lib kelmoqda. AFC Uzbekistan’dagilarning hisoblashicha, bunga O‘zbekiston Markaziy bankining Ukraina voqealari sabab emas, balki hukumatning inflyatsiyani pasaytirish va narx-navo barqarorligini saqlab qolishga bo‘lgan doimiy e’tibori tufayli o‘tkazgan intervensiyalari sabab bo‘lgan.

- O‘zbekiston uchun Rossiya banklarining bu yerda olib borayotgan bizneslari kattaroq xavfdir, — deyiladi fond nomasida.

AQSH Moliya vazirligi Rossiya banklariga sanksiyalar e’lon qildi – ularning ba’zilari esa O‘zbekiston davlat korxonalariga kredit bergan.

Rossiyada yashayotgan millionlab o‘zbekistonliklar, ayniqsa, o‘z ish haqining ma’lum qismini vataniga yuborayotgan ko‘plab mehnat migrantlari uchun pul mablag‘larini o‘tkazish muammoga aylanishi mumkin.

Biroq, mazkur vaziyat vaqtinchalik ekanligi aniq, chunki boshqa banklardan foydalanish imkoniyati bor.

- Shunday ekan, pul o‘tkazmalari hajmining qisqarishini uzoq muddatga cho‘ziladi, deb o‘ylamaymiz, — deyiladi fond nomasida.

Mazkur uch xavf-xatardan tashqari, O‘zbekiston taraqqiyoti istiqbollarida salmoqli o‘zgarishlar kutilmaydi, zero mamlakatda iqtisodiy liberallashuv jarayoni davom etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyadagi vaziyat sabab O‘zbekistonga soya solayotgan uchta eng katta xavf ma’lum bo‘ldi