
Yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent – Moskva – Toshkent va Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Bu haqda kompaniya axborot xizmati ma’lumot berdi.
Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlar 9 martdan 14 martgacha, Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 2022 yilning 11, 13 va 14 mart kunlari amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avval «Uzbekistan Airways» Rossiya bilan aviaqatnovlar to‘xtamasligi bo‘yicha bayonot bergandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar