
O‘zbekistonning Jidda shahridagi bosh konsulxonasi tomonidan “Zahid Travel Group” kompaniyasi ish boshqaruvchisi Ahmad Rodiy bilan uchrashuv uyushtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Suhbat chog‘ida Samarqand, Xiva, Buxoro va Toshkent kabi shaharlar bag‘ridagi ko‘hna me’morchilik noyob yodgorliklari, o‘lkaning go‘zal tabiati, O‘zbekiston xalqi ko‘p asrlik amaliy san’ati an’analari, urf-odatlari va bayramlari har yili ko‘plab xorijlik sayyohlarni o‘ziga jalb etayotgani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv chog‘ida Ahmad Rodiy Saudiya Arabistonidan O‘zbekistonga sayyohlar yuborish uchun O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatadigan yirik sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. U Saudiya Arabistoni davlat tashkilotlari yoki xususiy sektor vakillaridan 50 nafardan iborat sayyohlar guruhlarini tashkil etib, O‘zbekistonga yuborishni rejalashtirayotganini aytdi.
“Zahid Travel Group” kompaniyasi 1958 yilda Saudiya Arabistonining ilk sayyohlik agentliklaridan biri sifatida tashkil etilgan. "Zahid Travel Group” turli davlat tashkilotlari va xususiy sektor vakillarining xorijga sayohatlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Kompaniyada 36 millatga mansub 5 ming nafar xodim mehnat qiladi, bosh qarorgohi Jidda shahrida joylashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar