Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Buxoro viloyatidagi «Vardonze qo‘rg‘oni» arxeologiya yodgorligi hududiga zarar yetkazilayotgani bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kelib tushgan murojaat Milliy arxeologiya markazi, Madaniy meros agentligi va boshqa mutasaddi idoralar bilan birgalikda o‘rganildi, deb xabar beradi Antikorrupsiya agentligi matbuot xizmati.
O‘rganish jarayonida Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi «To‘ymurod Xolmurod o‘g‘li» fermer xo‘jaligi rahbari A.Q. tegishli idoralarning xulosalarini olmasdan, ob’ektning muhofaza hududini og‘ir texnika yordamida surib, yer qazish, yer tuzish, ekin ekish va melioratsiya ishlarini amalga oshirgani aniqlangan. Shuningdek, u ariq qazib, fermer xo‘jaligi yer maydonini arxeologiya ob’ekti muhofaza maydoni hisobidan kengaytirgan. Bu esa ob’ektning Rabod qismi madaniy qatlami yo‘qotilishi, hududdagi saksovul daraxtlarining nobud bo‘lishi hamda yer qa’rida saqlanib kelayotgan qadimgi tarixiy topilmalarning yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan.
Hujjatlarga ko‘ra, ob’ektning yer maydoni va muhofaza hududi tuman hokimligining 2013 yildagi qaroriga asosan 124 gektarni tashkil etgan. Ammo 2015 yilda hokimlik qonunchilikka zid ravishda, tegishli idoralarning xulosalarisiz ob’ekt hududini 76 gektar etib belgilagan.
Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Shuningdek, qisqartirilgan yer maydoni fermer xo‘jaligiga yaylov sifatida foydalanish uchun berilgan, biroq amalda fermer uni ekin maydoniga aylantirib yuborgan.
O‘rganish yakunida arxeologiya yodgorligining Rabod qismi yer maydonining 1 800 kvadrat metr qismiga shikast yetkazilishi oqibatida davlat manfaatlariga 26 milliard 730 million so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.
Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Agentlik tomonidan to‘plangan hujjatlar asosida ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 132-moddasi (moddiy madaniy meros ob’ektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun Buxoro viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Ma’lumot uchun, IV-XV acplarga oid ushbu ob’ekt davlat muhofazasida bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktabrdagi «Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy Ro‘yxatida 603-raqam bilan moddiy madaniy meros ob’ekti sifatida ro‘yxatga olingan.
O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra ob’ektni Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha 2021 yil 4 oktabrda YUNЕSKOga taklif kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi