Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonda YPX xodimiga qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularni haqorat qilgan yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ulining videosi tarqaldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV videodagi holat yuzasidan ma’lumot berib, tasvirlar 2021 yilning fevraliga tegishli ekanini ma’lum qildi.
Videoda Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi kapitan B.Xo‘janov ma’muriy bayonnomalar kam tuzilgani uchun qo‘l ostidagi xodimlarni haqoratlab, urgani tasvirlangan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, videotasvirdagi holat, 2021 yilning 14 fevral kuni sodir bo‘lgan. Bu bo‘yicha Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi kapitan B.Xo‘janovga nisbatan tegishli tartibda xizmat tekshiruvi tayinlangan.
«Vazirlikning tegishli sohaviy xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi yakuni bo‘yicha, kapitan B.Xo‘janov qo‘l ostidagi xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani hamda xizmatda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ‘lavozim maoshining 30 foizi miqdorida ushlab qolish’ qattiq intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan», — deyiladi munosabatda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi