Toshkentdagi «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan «O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun» mavzusidagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Shavkat Mirziyoyev bugungi ochiq muloqotga tayyorgarlik jarayonida kelib tushgan muammolarning yechimlari va bugungi takliflar bo‘yicha qisqa muddatda qarorlar qabul qilinishini ta’kidlagan.
«Ularda barcha taklif va tashabbuslar, shuningdek, bugun bildiriladigan fikr-mulohazalar ham o‘z aksini topadi. Bu maqsadlar uchun 2022 yilda budjetdan sohaga ajratilgan 24 trillion so‘mga qo‘shimcha 3,2 trillion so‘m berish bo‘yicha hisob-kitoblar qilingan. Barchangiz tushunasiz, hozir dunyoda sodir bo‘layotgan murakkab vaziyatda, sog‘liqni saqlash tizimi uchun bunday katta mablag‘larni izlab topish, albatta, oson bo‘layotgani yo‘q. Biz xalqimiz salomatligi uchun har qancha mablag‘ va kuch-imkoniyat sarflashga tayyormiz. Shaxsan men uchun xalqimiz salomatligi hamma narsadan ustun va qadrli», — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev «bemorlarni faqat dori bilan emas, balki mehr bilan, aql bilan davolash ham muhim ahamiyatga ega ekanligini» qayd etgan.
«Ming afsuski, sog‘liqni saqlash muassasalarida ayrim shifokorlarning aholi bilan qo‘pol muomalada bo‘lishi, odamlarni mensimaslik, o‘z vazifasini suiiste’mol qilishi kabi salbiy holatlar hamon uchrab turibdi. Bunday vaziyatni o‘zgartirish uchun, avvalo, tibbiyot xodimlarining ma’naviy dunyosini, bemorlar bilan muloqot madaniyatini yuksaltirish zarur. O‘ylaymanki, bu so‘zlar avvalambor sizlarga – tibbiyot ahliga qarata aytilgan. Shaxsan men, prezident sifatida, sizlarning mashaqqatli mehnatingizni yuksak qadrlayman. Qolaversa, shifokorning farzandi bo‘lganimdan g‘ururlanaman», — deydi prezident.
Shavkat Mirziyoyev «barcha tibbiyot xodimlari jamiyatimizning eng madaniyatli qatlami, ziyolilarimizning eng peshqadam vakillari bo‘lishlarini orzu qilishini» ta’kidlagan.
«Sizlarni teatr va muzeylarda, konsert zallari va kutubxonalarda yanada ko‘proq ko‘rishni istayman. Shu maqsadda, respublikamiz tibbiyot xodimlarini davlat hisobidan teatr va konsertlarga bepul olib borish tizimi tashkil etiladi», — deydi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”