Joriy yilning 13 fevral kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi 59 yoshli J.O.(ayol) Qarshi shahar IIO FMBga ariza bilan murojaat qiladi.
Unda Koson tumanida yashovchi 36 yoshli E.M. (ayol) u bilan 2021 yil 18 dekabr kuni Qarshi shahridagi «Vatanparvar» bog‘ida uchrashib unga uning qizini yaxshi tanishini, u bilan birga qamoqda o‘tirganligini aytib, ishonchiga kirib, qizining bankdan olgan kreditini to‘lab berishiga ishontirib, jami 1.900 AQSH dollari miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, qizining kredit to‘lovlarini to‘lamasdan, har xil bahonalar bilan aldab kelayotganligini bildirib, undan pullarini olishda ko‘mak hamda unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi «B» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”