
«Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–177-son, 24.03.2022 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Rasmiy statistika sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shildi.
Ushbu Bitim 2013 yil 31 may kuni Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan.
Davlat statistika qo‘mitasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Xalqaro ShartnomaPrezident QaroriO‘zbekiston RasmiyStatistika SohasiMustaqil DavlatlarVazirlar Mahkamasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar