Foto: DXX
Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 97- (Qasddan odam o‘ldirish) va 182- (Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) moddalari bilan sudlangan «A.O.» Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod oblasti Ola-buqa rayoniga borib, jinoiy aloqasidan 1 dona AKS-74 jangovor o‘qotar quroli, 3 dona o‘qdon va 43 dona o‘q-dorilarni oladi hamda kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimiz hududiga o‘tkazadi.
DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «A.O.» ushbu qurol va o‘q-dorilarni Namangan shahrida sotmoqchi bo‘lganida ushlangan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi