20:05 / 28.03.2022
1 300

Prezident mas’ullarga yangi vazifa qo‘ydi

Prezident mas’ullarga yangi vazifa qo‘ydi
Prezident boshchiligida yig‘ilish o‘tayotgani xabar berilgandi. 2022 yil investitsiya dasturi doirasida tibbiyot muassasalarini qurish va ta’mirlash ishlariga budjetdan 1,2 trillion so‘m ajratildi.

Lekin bugungi kunga qadar 32 ta poliklinika va shifoxonalarni ta’mirlash bo‘yicha ishlar boshlanmagan. Barcha qurilish ishlarini 1 oktabrga qadar yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda 24 ta olis hududda tez tibbiy yordam brigadalarini tuzish haqidagi topshiriq bo‘yicha mart oyida faqat Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Toshkent viloyatlarida 9 ta brigada tashkil etilgani ko‘rsatib o‘tildi.

Lekin Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmning 15 ta olis hududida bu ishlar boshlanmagan. Davlatimiz rahbari 10 aprelga qadar ushbu hududlarda tez tibbiy yordam brigadalarini tashkil etishni topshirdi.

Shuningdek, ochiq muloqotda tez tibbiy yordam tizimidagi anesteziolog, reanimatologlar oylik ish haqiga 40 foiz ustama berish haqida ko‘plab murojaatlar tushgan. Bir hafta muddatda ushbu masalani ijobiy hal qilish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini Hukumatga kiritish vazifasi qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident mas’ullarga yangi vazifa qo‘ydi