
Majburiy ijro byurosining Taxtako‘pir tuman bo‘limi ish yurituvidagi Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudining 07.12.2021 yildagi ijro xujjatiga ko‘ra, qarzdor Taxtako‘pir tumani Yullardan foydalanish unitar korxonasidan o‘ndiruvchi “AA Lider Story Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 236 mln. 895,9 ming so‘m o‘ndirish belgilangan va mazkur ijro hujjati kelib tushgan kundan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur ijro ishi yuzasidan, dastlab, qarzdor korxonaga sud qarorini ixtiyoriy bjarish uchun muddat berilgan. Lekin, talablar ushbu muddat oralig‘ida bajarilmaganligi sababli bo‘lim davlat ijrochilarining majburiy ijro harakatlari natijasida, qarzdor korxonaning hisob raqami va mol-mulki xatlanib o‘ndiruvchi “AA Lider Stroy Group” MCHJ foydasiga 236 mln. 895,9 ming so‘m qarzdorlik po‘llari bo‘lim tomonidan to‘lik o‘ndirib berildi.
Shu sababli, ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar