00:12 / 05.04.2022
1 925

O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan belaruslik IT mutaxassislar taassuroti

O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan belaruslik IT mutaxassislar taassuroti
Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng bir necha Belarusning IT kompaniyalari va IT mutaxassislari Toshkentga ko‘chib o‘tishga qaror qilishdi. Mahalliy IT-park yangi mehmonlar tashrifidan mamnun va ularga yangi sharoitlarni yaratib berishni va’da qilmoqda. Ammo O‘zbekiston poytaxtida yashash qanday bo‘lyapti? Yaqinda «dev.by» sayti bu yerga ko‘chib kelgan IT mutaxassislar bilan gaplashdi.

Nima uchun O‘zbekiston?
Suhbatda qatnashganlar turlicha javob berishdi: kimdir Gruziyaga ko‘chib ketishni istagan, ammo Toshkentda ofisi bo‘lgan; kimdir uchun O‘zbekistonda yashash arzonroq bo‘lsa; yana boshqasi Samarqand va Buxoroni anchadan beri ko‘rishni istagan.

Mobil dasturchi Ivanning aytishicha, u O‘zbekistonga 1 mart kuni oilasi bilan ko‘chib kelgan, ammo ko‘p muddat yashashga ulgurmasdanoq hozirda Turkiyaga ko‘chib ketishni rejalashtirmoqda. U bu yerda yashash o‘ta qimmatligini aytadi. Software developer Nikolay ham O‘zbekistonni «boshqa davlatlarga ketishda tayanch punkti» deb tan olmoqda.

Ko‘pchilik uchun sharoitlar jozibador bo‘lib ko‘ringan. O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlik ochish, o‘zini o‘zi band qiluvchi maqomini olish yoki mahalliy IT-park rezidenti bo‘lish va 7,5 foizlik daromad solig‘ini to‘lash mumkin.

«Nafaqat o‘zingizni, balki qo‘l telefoningizni ham ro‘yxatdan o‘tkazishingiz kerak»
Xorijlik fuqaro mamlakatga uchib kelishi bilan unda ro‘yxatdan o‘tish uchun 3 kun vaqti bor. IT mutaxassis Sergey hammasini qayta tekshirib chiqishni tavsiya qiladi. Uning aytishicha, ayoli mehmonxonada vaqtincha turishi uchun uni ro‘yxatga olishmagan va muammolar yuzaga kelgan.

Toshkentda bank kartasi ochtirish: 10 daqiqa va 10 dollarga
Dasturchilar aytganidek, O‘zbekistonda karta operatsiyalari va mobil aloqa uchun to‘lov qilish hamma joyda ham mavjud emas – butun respublikada naqd pul va mahalliy o‘zbek so‘mi ishlatiladi. 1 dollar – taxminan, 11500 so‘m.

Bank kartasini qildirish muammo emas: Anton 10 daqiqada va 10 dollarga MasterCard kartasini, 10 dollarga 3 daqiqada mahalliy Uzcard kartasini ochtirgan. Ba’zilar esa hozircha hisob raqam ochtirishmagan.

Turar joy kutilganidan ham qimmat
Suhbatda ishtirok etganlarning aytishlaricha, Toshkentga kirib kelayotgan migrantlar oqimi bois ijara narxlari ko‘tarilgan.

- Uy-joy qimmat. Mehmonxonalar kechasi 40 dollardan (shuni ham izlash kerak). Ijaraga beriladigan uylar arzon emas. Qisqa muddatli takliflar kam. Turar joylarni agentsiz topish juda qiyin, ular esa birinchi oy to‘lovidan +30-50 foiz miqdorda komissiya ham olishni istashadi. Suvaraklarsiz 2-3 xonali metroga yaqin yaxshi uylar 600 dollardan boshlanadi. Bundan tashqari, kommunal to‘lovlar, agent uchun komissiya to‘lovi va boshqalar. O‘zim markazdan 800 dollarga ijaraga uy oldim, ammo uyni unchalik qoniqarli deb bo‘lmaydi. Biroq shuni topganimdan ham xursandman, bola bilan mehmonxonada qolishdan charchagan edik, – deydi Ivan.

Python developer Dmitriyning aytishicha, «so‘nggi paytlarda politsiya uzoq muddatga ro‘yxatdan o‘tgan chet elliklarni ko‘proq tekshirishmoqda». Ammo so‘roqlar qo‘rqinchli emas, ular shaharda kim yashayotganligini bilish uchun tekshirishayotganini aytishadi.

Internet: tezlik kechasi soat 9 dan keyin pasayib ketadi, ijtimoiy tarmoqlar esa bloklangan
Ivanning aytishicha, 100 megabit tezlikdagi internet uchun u 180 ming so‘m (yoki oyiga 15 dollar) to‘laydi. Ammo «kechki soat 9 dan keyin tezlik 25 megabitgacha tushib ketadi». Dmitriy ham xuddi shuni ta’kidlaydi – kechqurun yuklanishlar soni yuqori bo‘lgan paytda uy interneti anchayin sezilarli pasayadi.

- Internet sifati juda yomon, ba’zi ijtimoiy tarmoqlar bloklangan. VPN orqali mijozlar resurslariga kirish zarurati tug‘iladigan bo‘lsa, muammo paydo bo‘lishi mumkin, bunga tayyor turishingiz kerak. VPN tarmog‘i o‘chib qolaveradi. Ulanish uchun vaqti-vaqti bilan Internet roumingdan foydalanish kerak, boshqa variantlar yo‘q, – deya qo‘shimcha qiladi suhbat ishtirokchisi.

Mamlakatda Skype, Twitter, TikTok va «VKontakte» bloklangan. Odamlarning aytishicha, Skype yaqinda ochilgan va bu «IT mutaxassislarning ommaviy ravishda ko‘chib o‘tishi bilan bog‘liq».

Xorijliklar uchun tibbiy xizmatlardan foydalanish pullik, Toshkentda xususiy klinikalar ko‘p. Tez tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi – uni 103 raqami orqali chaqirish mumkin.

«Mahalliylar pul bilan kelgan chet elliklar tashrifidan juda xursand»
Metroda yurish 1400 so‘m, avtobus chiptalari esa 1700 so‘m (15 sent). «Yandeks.Taksi» o‘rtacha 20-25 ming yuradi (1,7-2 dollar), mashina esa bir necha daqiqa ichida keladi.

- Mahalliy aholining aytishicha, o‘rtacha oylik ish haqi Minskda urushgacha bo‘lgan vaqtdagidek – 300-500 dollar. Do‘kondagi narxlar, o‘rtacha hisobda 1 litr sut uchun 1 dollar, ikkita sariyog‘ – 2 dollar, pomidor – kilosi 2 dollar. Mahsulotlarning ko‘pi bizlarniki va Rossiyaniki. Ammo savdo markazlaridagi kiyim-kechaklar narxi (O‘zbekiston – paxta mamlakati bo‘lsa ham) juda qimmat. Aksariyat aholi bozordan xarid qiladi, — deydi Ivan.

Barcha suhbat ishtirokchilarining aytishlaricha, Toshkent aholisi juda mehmondo‘st va samimiy.

- Mahalliy aholi pul bilan kelgan chet elliklar tashrifidan juda xursand. belaruslarga bo‘lgan munosabat juda yaxshi, IT-parkdagilar bu yerga moslashish uchun yordam berishga urinishadi, – deydi Anton.

Dasturchilar ta’kidlashlaricha, s'haharda yashash sharoiti yaxshi emas, yo‘llar katta, ulardan o‘tish uchun kilometrlab yurishga to‘g‘ri keladi, «piyodalar hech kim».

- Men O‘zbekistonni doimiy yashash joyi sifatida tanlamagan bo‘lardim, biroq u albatta, tashrif buyurishga arziydigan mamlakat, — deydi Vitalik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan belaruslik IT mutaxassislar taassuroti