Qashqadaryoda 12 nafar yigit mashinalar oynasidan chiqib olib, qarama-qarshi tomonga harakatlandi

Jamiyat1 daqiqa o'qish1.6K
Qashqadaryoda 12 nafar yigit mashinalar oynasidan chiqib olib, qarama-qarshi tomonga harakatlandi
Foto: Videodan skrin
Ijtimoiy tarmoqlarda bir qancha yosh yigitlar transport vositalarining oynasidan chiqib olgan holda mashinalarda turli xavfli manyovrlar qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, videotasvirdagi vaziyat Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida sodir bo‘lgan. 5 ta transport vositasining haydovchilari guruh-guruh bo‘lib, qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan yo‘lga chiqib avtomobil boshqargan. Haydovchi va yo‘lovchilarning shaxsi aniqlanib, jami 12 nafar fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va sud tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Ularning 6 nafariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan. Qolgan 6 nafariga esa BHMning 3 baravari (810 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llanilgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?