19:02 / 14.04.2022
1 219

Narpaylik ota farzandlari bilan to‘liq hisob-kitob qildi

Narpaylik ota farzandlari bilan to‘liq hisob-kitob qildi
Amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibga ko‘ra, qarzdor otalar farzandlari uchun belgilangan aliment pulini oldindan, ya’ni voyaga yetgunga qadar bo‘lgan summani to‘lashi mumkin.

Fuqarolik ishlari Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2011 yil 18 iyuldagi qaroriga asosan qarzdor M.S.dan undiruvchi S.M.ning foydasiga ikki nafar farzandining ta’minoti uchun uchdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan va sud qaroriga asosan ijro hujjati Byuroning Narpay tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashlikotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash mobaynida olib borilgan keyingi tushuntirishlar o‘z samarasini berdi. Qarzdor ota farzandlari voyaga yetgunigacha hisoblangan 117 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Narpaylik ota farzandlari bilan to‘liq hisob-kitob qildi