07:00 / 15.04.2022
884

Andijonda fuqarolarning telefoni va pullarini o‘g‘irlagan soxta IIB xodimi ushlandi

Andijonda fuqarolarning telefoni va pullarini o‘g‘irlagan soxta IIB xodimi ushlandi
Andijon shahrida o‘zini Ichki ishlar organi xodimi deb tanishtirib, fuqarolarni tunab kelayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, 1 aprel kuni soat 11:00 da noma’lum shaxs o‘zganing mulkini ochiqdan ochiq talon-toroj qilish maqsadida Andijon shahrida joylashgan «Alisher Navoiy» istirohat bog‘iga kelib, shu yerdan o‘tib ketayotgan Buloqboshi tumanida yashovchi M.I.ni (18 yoshli) to‘xtatgan. Unga o‘zini IIO xodimi ekanini, go‘yoki ushbu hududda profilaktik ishlarini olib borayotganini aytib, yonidagi uyali telefon apparatida taqiqlangan video lavhalar, egnidagi kiyimlarida taqiqlangan narsalar bor yoki yo‘qligini tekshirib ko‘rishi kerakligini tushuntirib, ushbu narsalarni unga taqdim qilishini talab qilgan. U M.I.ga tegishli bo‘lgan narxi 1,5 million so‘m bo‘lgan Redmi 9C telefon apparatini hamda shimining cho‘ntagidagi 470 ming so‘m pullarni olib, voqea joyidan qochib ketgan.

Bundan tashqari, noma’lum shaxs jinoiy harakatlarini davom ettirib, 8 aprel kuni soat 15:15 da Andijon shahar «Erkin» mahallasida joylashgan «Registon» maydonida Oltinko‘l tumanida yashovchi T.O.ning (20 yoshli) yoniga kelib, yuqorida ko‘rsatilgan vajlarini keltirgan. T.O.ga tegishli narxi 2 million so‘mlik Samsung A10S rusumli uyali telefonini so‘rab olib, ushbu telefon apparatini qaytarib bermasdan, ochiqdan ochiq talon-taroj qilib, voqea joyidan qochib yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Andijon shahida yashovchi, hech qayerda ishlamaydigan, muqaddam sudlangan A.I. (27 yoshli) sodir etgani aniqlangan. Undan talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan T.O.ga tegishli Samsung A10S rusumli uyali telefoni ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan A.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda ushbu shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda fuqarolarning telefoni va pullarini o‘g‘irlagan soxta IIB xodimi ushlandi