Foto: Sirdaryo viloyati FVB axborot xizmati
Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani Sardoba shaharchasi hududida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketdi, deb xabar beradi viloyat FVB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 18 aprel kuni soat taxminan 07:35 da Oqoltin tumani Sardoba shaharchasi hududidan o‘tgan A-373 yo‘lining 4-kilometrida fuqaro O.S boshqaruvida bo‘lgan oq rangli Cobalt mashinasi va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Oqibatda yengil mashinada yong‘in chiqqan.
Yong‘indan Cobalt’ning old kapot va salon qismi yonib zararlangan. Voqea joyiga zudlik bilan Oqoltin tumani FVBdan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va tez fursatda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida insonlarning o‘limi va tan jarohati olish holatlari kuzatilmagan.
Foto: Sirdaryo viloyati FVB axborot xizmati
Hozirda FVB hamda IIB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi