08:24 / 23.04.2022
1 760

O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan Belarus fuqarosi taassurotlari

O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan Belarus fuqarosi taassurotlari
Foto: Getty Images / Laurenc Dutton
So‘nggi oylarda Belarusdan ko‘pchilik odam turli davlatlarga bosh olib chiqib ketdi, shu jumladan O‘zbekistonga. Shunday odamlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar doirasida davlatga ko‘chib o‘tgan bir Belarus fuqarosi o‘zining ish topish bilan bog‘liq taassurotlarini bildirdi.

- "Men O‘zbekistonga turmush o‘rtog‘im bilan keldim. Uning ish joyi shu yerga ko‘chirilgan.

O‘zim ilgari hech qachon IT sohasida ishlamaganman. O‘tgan yil davomida o‘zim mustaqil QA (bu mahsulot va jarayonlarning standartlar, talablar va protseduralarga muvofiqligini ta’minlaydigan sistematik rejalashtirilgan ish-harakatlar to‘plami) o‘rgandim, bir nechta kurslarda o‘qib, o‘zimga yoqmagan ishdan ketdim va yangi joy qidirishni boshladim.

Avvaliga turli saytlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga ariza topshirdim. Keyin rezyumeni shaxsan HR’ga yubordim. Ammo Belarusdagi kompaniyalar meni suhbatga chaqirishmadi. Hatto test topshirig‘ini bajarish imkoniyatini ham berishmadi.

O‘zbekistonga kelganimdan so‘ng, ish uchun suhbatdan o‘tdim. Bu hayotimdagi birinchi intervyu bo‘ldi va u muvaffaqiyatli o‘tdi. Darhol ish uchun taklif oldim. Hozir P2P texnologiyasi asosida dastur ishlab chiqadigan kichik kompaniyada ishlayapman. Sinov davrida kompaniya 450 dollar ish haqi va’da qildi. Keyin bu qiymat ortib borar ekan.

Ishga joylashishda yagona to‘siq – xorij fuqarosini ishga joylashtirgani uchun korxona ko‘p pul to‘lashi kerakligidir.

Tushunishimcha, qonunga ko‘ra, chet el fuqarosini ish bilan ta’minlagan har bir tashkilot soliq kabi bir narsa to‘lashi kerak.

Turmush o‘rtog‘imning kompaniyasida bu taxminan 800 dollarni tashkil qilar ekan. Rahbarlarim esa men uchun taxminan 2000 dollar to‘lashlari kerakligini aytishdi
".

Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng O‘zbekistonga ko‘plab IT mutaxassislar Ko‘chib kelgan

Avvalroq bir necha Belarusning IT kompaniyalari va IT mutaxassislari Toshkentga ko‘chib o‘tishayotgani haqida xabar berilgan edi.

Suhbatda qatnashganlar turlicha javob berishdi: kimdir Gruziyaga ko‘chib ketishni istagan, ammo Toshkentda ofisi bo‘lgan; kimdir uchun O‘zbekistonda yashash arzonroq bo‘lsa; yana boshqasi Samarqand va Buxoroni anchadan beri ko‘rishni istagan.

Mobil dasturchi Ivanning aytishicha, u O‘zbekistonga 1 mart kuni oilasi bilan ko‘chib kelgan, ammo ko‘p muddat yashashga ulgurmasdanoq hozirda Turkiyaga ko‘chib ketishni rejalashtirmoqda. U bu yerda yashash o‘ta qimmatligini aytadi. Software developer Nikolay ham O‘zbekistonni «boshqa davlatlarga ketishda tayanch punkti» deb tan olmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan Belarus fuqarosi taassurotlari