Toshkent shahar IIBB yoshlarni ishga chaqiradi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining patrul-post xizmatidagi mavjud bo‘sh safdorlik lavozimlariga ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash istagini bildirgan erkak nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan (erkak) shaxslar 2022 yilning 30 mayidan 3 iyuniga qadar har kuni soat 09:00dan 17:00gacha Bosh boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga murojaat etishlari mumkin.
Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Belgilangan muddatdan oldin va keyin murojaat etgan nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmasligi aytilgan.

- O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi;
- oliy yoki tugallanmagan (sirtqi ta’lim) oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- idoraviy (IIVning) akademik litseylar, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilariga o‘rta, o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;
- yoshi 30 dan oshmagan bo‘lishi (30 yoshdagi ham);
- bo‘yi 170 sm va undan yuqori bo‘lishi;
- nomzodlar Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi lozim.
Belgilangan muddatdan oldin va keyin murojaat etgan nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmasligi aytilgan.

Izohlar 0
…