Noodatiy liboslari bilan muxlislari e’tiboridan tushmaydigan Lola Yo‘ldosheva haqida

San’atdan ko‘p bora tanaffus qilsada o‘z o‘rnini yo‘qotmaydigan Lola Yoʻldosheva 1985 yilning 4 sentyabrida Samarqand shahrida tugʻilgan. Uning otasi Ravshanbek Yo‘ldoshev uzoq yillar davomida IIB da tergovchi bo‘lib ishlagan. San’atga qiziqishi sabab ko‘plab yoshlarni kashf qilgan Tarona Records prodyuserlik kompaniyasiga asos solgan.
Lola dastlab 10 yoshida Shiribom reklamasi sabab mashhurlikka erishadi, ijodini esa 2002 yilda “Netayin” taronasi boshlaydi. Shundan so‘ng u Rossiyalik prodyusser bilan shartnoma imzolaydi va bir muddat “Maya” taxallusi bilan ijod qiladi.
Lola 2004 yil „Sevinch“ filmida ilk yirik rolini oʻynadi. Uning aktrisalik mahorati muxlislar va kino olami tanqidchilari tomonidan yuqori baholandi. 2005 yil olingan „Kelgindi kuyov“ filmidagi roli Lolaga yanada koʻproq shuhrat olib keldi. Bu muvaffayiqatdan keyin Lola bir necha filmda rol oʻynadi.

2005 yil Lola toshkentlik tadbirkor Shohruhga turmushga chiqdi va sanʼat olamini nomaʼlum vaqtga tark etdi. Ularning ikki farzandlari bor: Shahinabegim va Shohdiyor. 2011 yil Lola va Shohruh kelishmovchiliklar sabab ajrashishdi.
2011 yil „Senga“ nomli yangi konsert dasturi bilan shou-biznesga qaytdi. Lola 2015 yilning 24 fevralida Rayhon konsertida „Koʻnikmadim“ duetini ijro etish uchun „milliy mentalitetga zid“ ochiq qizil libosda chiqqani uchun „Oʻzbeknavo“dan ogohlantirish oldi.

Birinchi turmushidan ajralganidan so‘ng xonanda 2017 yilda yana oila quradi. Hozirda xonandaning 3 nafar farzandi bor.
2025 yilda o‘tkazilgan so‘nggi konsertidan keyin Lola san’at sahnasidan chekinib, ijtimoiy tarmoqlarda ham faoliyatini to‘xtatdi. Instagram sahifasini tozalab, muxlislariga qisqa va ta’sirli so‘z bilan murojaat qildi: “Yana ko‘rishguncha”.
