Dunyo yulduzi Jon Lejend ilk bor Samarqand sahnasida konsert berdi

Dunyo yulduzi Jon Lejend ilk bor Samarqand sahnasida konsert berdi

8 iyun kuni amerikalik xonanda va bastakor Jon Lejend ilk bor Samarqandda konsert berdi. Dunyo yulduzining chiqishi minglab muxlislarga unutilmas musiqiy kecha tuhfa etdi.

Bu konsert Jon Lejendning nafaqat Samarqanddagi, balki Markaziy Osiyodagi ilk yirik chiqishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Afsonaviy Registon maydoni fonida ijro etilgan mashhur qo‘shiqlar tomoshabinlarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.

Mazkur tadbir Samarqandning xalqaro madaniyat va san’at markazi sifatidagi nufuzini yana bir bor namoyon etdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar