Zebiniso Xoliqova sahnada pushaymon bo‘lganini aytdi (video)

Zebiniso Xoliqova sahnada pushaymon bo‘lganini aytdi (video)

Zebiniso Xoliqova intervyularidan birida o‘quvchilik davridagi qiziqarli va ibratli voqeani eslab o‘tdi.

Aktrisaning aytishicha, u kollej yillarida algebra fanini yoqtirmagan va unga jiddiy e’tibor bermagan.

“Kollejda o‘qib yurgan paytlarim algebra darsi bo‘lardi. O‘qituvchimiz kosinus, sinus kabi mavzularni o‘tardilar. Men esa ustozimga: 'Ustoz men san’at oliygohiga kiraman, hayotimda algebra kerak bo‘lmaydi. Pul sanashni bilsam bo‘ldi', derdim. Hatto '4 baho qo‘yib bersangiz bo‘ldi', deb so‘rardim,” — deya kulib eslaydi u.

Zebiniso Xoliqova keyinchalik universitetga o‘qishga kirganini va u yerda ham algebra faniga duch kelmaganini aytadi. So‘ng sahnaga chiqib, teatrda faoliyat boshlaydi.

Ammo uning ilk rollaridan biri aynan sotuvchi bo‘lgan.

“Birinchi rolim sotuvchiniki edi. O‘zim hayajondaman, ustiga-ustak matematikadan ham yaxshi emasman. Xaridor: 'Bu nech pul? 3 ming, bu-chi 5 ming, hammasi nech pul bo‘ldi?' deb so‘raydi. O‘sha payt sahnada tezda hisoblab berishni xohlardim,” — deydi aktrisa.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu paytda kollejdagi ustozining gaplari yodiga tushgan:

“'Zebiniso, bu fan ish faoliyatingda kerak bo‘lmasligi mumkin, lekin hayotingda albatta kerak bo‘ladi', degan edilar. Sahnada esa 2 soniya go‘yo 2 yildek tuyuladi. O‘shanda ichimdan: 'Eh ustoz, sahnada kerak bo‘ladi deganingizda o‘qirdim matematikani', deb o‘yladim,” — deya kulib qo‘shimcha qiladi u.

Aktrisaning ushbu hikoyasi har qanday bilim va ko‘nikma hayotning kutilmagan lahzalarida asqotishini yana bir bor isbotlaydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar