Sohib Hasanov: "Erkak kishi 2 sabab bilan ajralishi mumkin"

“Qahqaha” jamoasi a’zosi Sohib Hasanov “Chotki TV” loyihasidagi intervyusida oilaviy munosabatlar, sabr va shukr haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Uning aytishicha, erkak kishi ayol tomonidan ikki holatda — xiyonat yoki o‘g‘irlik kabi jiddiy ishonch buzilishi bo‘lsa, ajralish haqida o‘ylashi mumkin. Boshqa holatlarda esa oilani saqlab qolish, sabr qilish va chidab birga yashash muhimligini ta’kidladi. Shu fikrning ayollarga ham tegishli ekanini qo‘shimcha qildi.
Sohib Hasanov misol sifatida qishloqda yashaydigan bir oilani eslab o‘tdi. Ularning butun umri oddiy oylik maosh bilan o‘tganini, ammo shunga qaramay uyida doimo xursandchilik va baraka borligini aytdi.
Uning fikricha, oilada asosiy narsa moddiylik emas, balki shukr va bir-birini qadrlashdir. “Shukrda katta gap bor, oilani birinchi o‘ringa qo‘yish kerak,” deya ta’kidladi u.
Intervyudan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar ham turlicha fikr bildirib, ko‘pchilik uning so‘zlarini qo‘llab-quvvatlagan.





























Izohlar 0
…