Hosila Rahimova ayollarga muhim maslahat berdi

Hosila Rahimova ayollarga muhim maslahat berdi

Xonanda Hosila Rahimovaga intervyu davomida: “Ayol uchun hayotda eng muhimi nima? O‘z o‘rnini topishi uchun ayollarga nima degan bo‘lardingiz?” degan savol berildi.

U hech ikkilanmasdan shunday javob berdi: “Eng muhimi — ayol o‘zini-o‘zi yaxshi ko‘rishi kerak. Har bir voqeani xayrli deb qabul qilib, shukr qilishni o‘rganish lozim. Qolgan barcha narsa esa o‘z vaqtida, o‘z o‘rnida hal bo‘lib ketadi.”

Suhbat davomida undan yana: “Sizning kuchli ayol ekanligingiz bilinadi, nima sizni doim oldinga yurishga majbur qiladi?” deya so‘raldi. Xonanda bu savolga ham samimiy javob berdi: “Tabiatan shunaqaman. Otam menga shunday tarbiya berganlar — doim o‘zing oyoqda turishga o‘rgan, deganlar.”

Hosila Rahimovaning bu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda ham e’tibor qozonib, ko‘plab ayollar uchun motivatsiyaga aylandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar