Aktrisa Feruza Sobitovaning jonli efir paytidagi janjali ijtimoiy tarmoqlarda bahs uyg‘otdi

Aktrisa Feruza Sobitovaning jonli efir paytidagi janjali ijtimoiy tarmoqlarda bahs uyg‘otdi
Qisqacha

Aktrisa Feruza Sobitova ishtirok etgan intervyudagi jonli efir paytida kutilmagan mojaro yuzaga keldi va ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'ldi. San'atkor o'ziga nisbatan aytilgan fikrlardan noroziligini bildirib, faoliyati yetarli e'tirof etilmayotganini ta'kidladi. U o'zining san'atga kelganiga 20 yil bo'lganini va ilk filmida 1996 yilda rol ijro etganini aytdi.

Aktrisa Feruza Sobitova ishtirok etgan intervyulardan birida kutilmagan vaziyat yuz berdi. Jonli efir davomida san’atkor o‘ziga nisbatan aytilgan ayrim fikrlardan norozi bo‘lib, keskin munosabat bildirdi.

Videolardan ko‘rinishicha, suhbat davomida Feruza Sobitova o‘zining san’atdagi faoliyati va tajribasi yetarlicha e’tirof etilmayotganidan norozi bo‘lgan.

“Nima urushqoq? Menga qanday ta’rif berishgan? Men sizlarga kecha kelgan aktrisa emasman. San’atga kelganimga 20 yil bo‘ldi. Birinchi filmimda 1996 yilda rol ijro etganman. Yoshimni yuzimga solmang, menga hurmat bilan gapiring”, — dedi aktrisa.

Shuningdek, u suhbatni tezroq yakunlashni so‘rab, vaqti cheklanganini ham ta’kidlagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar