Imron maktabda qanday o‘qigani va yoqtirmagan fanini ochiq aytdi

Xonanda Imron intervyularidan birida maktab davri va o‘qishga bo‘lgan munosabati haqida samimiy fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning aytishicha, u boshlang‘ich sinflarda a’lochi o‘quvchilardan biri bo‘lgan.
“5-sinfgacha doim a’lo baholarga o‘qiganman. Matematika, ona tili, adabiyot, sport va musiqa fanlarini yaxshi ko‘rardim va ulardan yuqori baholar olardim. Ammo fizika fanini yoqtirmasdim, hatto darslardan ko‘p qochgan paytlarim ham bo‘lgan”, — deya eslaydi xonanda.
U, shuningdek, o‘sha davr tartib-intizomi haqida ham gapirib, maktab direktoridan jazo olganini yashirmadi. Birinchi ustozini esa alohida hurmat bilan tilga oldi:
“Birinchi o‘qituvchim Majidova Shabon edi. Ularni juda yaxshi ko‘rardik, shu bilan birga hurmat qilardik va biroz qo‘rqardik ham”, — deydi Imron.
San’atkor o‘sha davrda ota-onalar ham farzandlar tarbiyasida qat’iy bo‘lganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maktabda jazo olgan bolalar uyga yig‘lab kelsa ham, ota-onalar ularni himoya qilish uchun maktabga bormas, aksincha, tartibni qo‘llab-quvvatlashardi.
Mazkur intervyu ijtimoiy tarmoqlarda qiziqish bilan qarshi olinib, ko‘plab foydalanuvchilar o‘z maktab xotiralarini eslab o‘tishdi.





























Izohlar 0
…