“Koroleva Jana” Yangi O‘zbekiston bog‘ida yangradi (video)

Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lib o‘tgan konsert davomida xonanda Botir Qodirov sahnaga chiqib, o‘zining xitga aylangan “Koroleva Jana” qo‘shig‘ini ijro etdi. Ushbu chiqish tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.
Qo‘shiq yangray boshlashi bilan bog‘dagi muxlislar uni birgalikda kuylab, xonandani faol qo‘llab-quvvatlashdi. Ayniqsa, turli yoshdagi bolalarning sahnaga chiqib, kuyga mos raqsga tushgani tomoshaga yanada fayz bag‘ishladi. Ular qo‘shiqni quvonch bilan kuylab, o‘z energiyasi bilan barchaning kayfiyatini ko‘tardi.
So‘nggi vaqtlarda “Koroleva Jana” qo‘shig‘i tez sur’atlarda ommalashib, ijtimoiy tarmoqlarda ham turli trend va videolarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘plab foydalanuvchilar ushbu qo‘shiq ostida raqsga tushib, o‘z videolarini ulashmoqda.





























Izohlar 0
…