Umida Mirhamidova Amerikada tug‘ilib o‘sgan keliniga hayotda ham qattiqo‘l qaynonami?

Aktrisa Umida Mirhamidova intervyularidan birida Amerikada tug‘ilib o‘sgan kelini haqida samimiy fikr bildirdi.
Uning aytishicha, kelini chet elda tug‘ilib, o‘sha yerda ulg‘aygan bo‘lsa-da, tarbiyasi va odobi bilan haqiqiy o‘zbek qiziga xos fazilatlarga ega.
“Kelinim chet elda tug‘ilgani bilan haqiqiy o‘zbek, haqiqiy toshkentlik deysiz. Ular faqat taqdir taqozosi bilan okean ortida tug‘ilgan”, — dedi u.
Umida Mirhamidova kelinining ota-onasiga ham minnatdorlik bildirib, bunday tarbiya berganlari uchun rahmat aytishini ta’kidladi.
Shuningdek, aktrisa qaynonalar kelindan darhol mukammallik kutishi noto‘g‘ri ekanini aytdi. Uning fikricha, kelin xonadonga kelgan yangi inson emas, balki oilaning yaqini va qadrdoni sifatida qabul qilinishi kerak.






























Izohlar 0
…