Umidaxon: “Xo‘jaynim Nilufar Usmonovaning prodyuseri” — kutilmagan fakt

Umidaxon: “Xo‘jaynim Nilufar Usmonovaning prodyuseri” — kutilmagan fakt

Taniqli xonanda Umidaxon Hojiyeva “Mening oshxonam” dasturidagi intervyusida oilaviy hayoti, o‘zaro hurmat va munosabatlar haqida samimiy fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Suhbat davomida xonandaga turmush o‘rtog‘i ham prodyuser bo‘la turib, nega aynan uning prodyuseri emasligi haqida savol berildi. Umidaxon bu savolga kulib javob berdi:

“Hamma shu savolni beradi. Bilmadim, bizda shunaqa va bizga shu qulay. Ular ham san’at sohasidalar, hozirda Nilufar Usmonovaning menejeri, administratori va prodyuseri sifatida faoliyat yuritadilar. Ish vaqtida tasodifan uchrashib qolsak ham, go‘yo bir-birimizni tanimagandek bo‘lamiz. Men ularni ish paytida umuman bezovta qilmayman. Ammo ba’zan o‘zlari qo‘ng‘iroq qilib, 'qayerdasan, tez uyga kel', deydilar”, — dedi xonanda.

To‘y surati va baxtli oilaning farzandlari bilan tushgan jamlanma rasmi.

Shuningdek, u turmush o‘rtog‘ining fe’l-atvori haqida ham ochiq gapirdi:

“Odamlar xoh ishonishsin, xoh ishonishmasin, turmush o‘rtog‘im juda jiddiy va qattiqqo‘l insonlar. Izohlarda ham ko‘pchilik 'siz quvnoqsiz, mehribonsiz, mos emassizlar', deb yozadi. Aslida esa ular juda yaxshi insonlar, lekin haqiqatdan ham tartib-intizomni yaxshi ko‘radilar va hamma narsani nazoratda ushlaydilar”, — deya qo‘shimcha qildi Umidaxon.

Mazkur intervyu ijtimoiy tarmoqlarda qiziqish bilan qarshi olinib, turli fikr va muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar