Jamshid Bobojonov tug‘ilgan kunini yaqinlari davrasida nishonladi (video)

Jamshid Bobojonov tug‘ilgan kunini yaqinlari davrasida nishonladi (video)
Qisqacha

Aktyor Jamshid Bobojonov o'zining tug'ilgan kunini yaqinlari va do'stlari davrasida samimiy muhitda nishonladi. U Instagram sahifasida joylagan videolarda tort ustidagi "39" raqamli shamlarni o'chirgani va "Tug'ilgan kun boshlandi" deya izoh qoldirgani aks etgan. Shuningdek, aktyor o'z uyi hovlisida mehmonlar uchun dasturxon yozgani hamda mehmonlar orasida xonanda Nilufar Usmonova ham borligi tasvirlangan.

Aktyor Jamshid Bobojonov o‘zining tug‘ilgan kunini samimiy va iliq muhitda nishonladi. Ushbu quvonchli lahzalar aks etgan videolar uning Instagram sahifasida ulashildi.

Videolarda aktyorning yaqin do‘stlari va yaqinlari uni tabriklash uchun yig‘ilgani, tort ustiga qo‘yilgan “39” raqamli shamlarni Bobojonovning o‘zi o‘chirganini ko‘rish mumkin. Post ostiga esa u “Tug‘ilgan kun boshlandi” deya izoh qoldirgan.

Yana bir videoda esa aktyor mehmonlari uchun o‘z uyi hovlisida chiroyli dasturxon yozgani va barcha yaqinlari bir davraga jam bo‘lgani tasvirlangan. Ularning orasida xonanda Nilufar Usmonova ham borligi muxlislar e’tiboridan chetda qolmadi.

Mazkur videolar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq kutib olinib, izohlarda aktyorga samimiy tilaklar va tabriklar yog‘ilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar