Yulduz Usmonovaga yangi qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilindi (video)

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev tomonidan qimmatbaho Voyah rusumli avtomobil sovg‘a qilindi. Yangi mashinaning davlat raqami ham xonandaning ism-sharifiga moslab tanlangan bo‘lib, unda “Y777US” yozuvi aks etgan.
E’tiborlisi, avtomobil salonidagi o‘rindiq chexollariga ham xonandaning bosh harflari — “Y.U” tushirilgan bo‘lib, bu sovg‘aning naqadar o‘ylab tanlanganini ko‘rsatadi.
Mazkur yangilik ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, “Primadonnaga yangi mashina!” degan izoh bilan ulashildi. Unda Yulduz Usmonovaga yangi avtomobil xarid qilingani, avval foydalanib kelgan mashinasini esa qizi Nilufar Usmonovaga sovg‘a qilgani aytilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, avtomobil Nilufar Usmonovaning uyiga olib borilgan. Xonanda do‘sti Jamshid Bobojonovning tug‘ilgan kunidan qaytib kelganida hovlisida onasining mashinasini ko‘rib, hayratda qolgan. Videoda uning quvonchi va kutilmagan sovg‘adan mamnun bo‘lgani yaqqol aks etgan.
Izohlarda muxlislar Yulduz Usmonovani yangi avtomobil bilan tabriklab, iliq tilaklar bildirishmoqda.
Serverdan o‘chirish





























Izohlar 0
…