Shahlo Salayevaning to‘y taklifnomasi ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi (video)

Xorazmlik xonanda Shahlo Salayeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quvonchli yangilik bilan bo‘lishdi. U joylagan videoda xonanda to‘y taklifnomalari tayyor bo‘lganini ma’lum qilib, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Veysel Dulger uchun maxsus tayyorlangan taklifnomani namoyish etdi.
Taklifnoma o‘ziga xos dizayni bilan ajralib turadi — unda Turkiyaning Istanbul shahri tasvirlangan bo‘lib, to‘y sanasi, vaqti hamda o‘tkaziladigan maskan haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, to‘y 30 iyul kuni “Bog‘i Eram Palace”da bo‘lib o‘tadi.
Videoda Veysel Dulgerning taklifnomani katta qiziqish bilan ko‘rib, undan mamnun bo‘lgani, dizaynni alohida e’tirof etgani ham aks etgan.
Xonanda post ostiga “To‘y taklifnomalari tayyor bo‘ldi” deya izoh qoldirgan. Mazkur video muxlislar tomonidan iliq kutib olinib, izohlarda samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirildi.






























Izohlar 0
…