Hayotda qaynona bo‘lmay qaynona rolini o‘ynagan aktrisa kutilmagan haqiqatni aytdi

“Songgi bor yoxud Kechir 2” serialining bosh qahramonlaridan biri Gulasal Rahmonova hayotda hali qaynona bo‘lmagani uchun dastlab bu obrazni gavdalantirishga qiynalganini aytdi. Aktrisa rejissyor va hamkasblarining yordami bilan rolga kirishib, qaynona qanday bo‘lishi kerakligini o‘rganganini ta’kidladi.
“So‘nggi bor yoxud Kechir 2” serialining bosh qahramonlaridan biri — aktrisa Gulasal Rahmonova o‘ziga berilgan qiziqarli savollarga samimiy javob berdi.
Aktrisadan “Hali hayotda qaynona bo‘lmay turib, serialda qaynona rolini o‘ynash qiyin bo‘lmayaptimi?” deb so‘ralganda, u boshida bu obrazni gavdalantirish oson kechmaganini tan oldi.
“Dastlab biroz qiynaldim. Chunki hali hayotda qaynona bo‘lmaganman. Ammo rejissyorimiz va hamkasb aktyorlar yordamida asta-sekin rolga kirishga harakat qildim. Shu orqali qaynona qanday bo‘lishi kerakligi haqida ham ko‘p narsani o‘rgandim”, — deydi aktrisa.
Suhbat davomida undan serialdagi yana bir qahramon haqida ham so‘rashdi. “Filmda sizga doim aql o‘rgatib turadigan 'singlingiz' bor. Ko‘pchilik sizlarni opa-singilga o‘xshatadi. Siz bunga nima deysiz?” degan savolga Gulasal Rahmonova shunday javob berdi:
“Ha, ko‘pchilik shunday deydi. Hatto 'bu singlingizni qiladigan ishi, uyi yo‘qmi?' deb ham so‘rashadi. Aslida biz opa-singil emasmiz, shunchaki hamkasblarmiz. Ammo tashqi o‘xshashligimiz sabab ko‘pchilik bizni opa-singil deb o‘ylaydi”.
Aktrisa suhbat davomida serialdagi eng ta’sirli sahnalardan biri haqida ham to‘xtaldi. Unga ko‘ra, ssenariyda birinchi kelini obrazining o‘ldirilishi uni ham befarq qoldirmagan.
“Garchi bu kino bo‘lsa-da, o‘sha kelin rolini ijro etgan aktrisaga juda o‘rganib qolgan ekanman. Mehr qo‘yganim uchun hozirgacha aloqamiz uzilmagan. Tez-tez ko‘rishib turamiz, bir-birimizni hurmat qilamiz va hatto boshqa loyihalarda ham birga ishlayapmiz. Ba’zi tomoshabinlar 'shu kelinni o‘ldirgani uchun bu serialni ko‘rmaymiz' deyishadi, lekin baribir tomosha qilishmoqda”, — deya kulib qo‘shimcha qildi u.
Aktrisaning samimiy javoblari muxlislar orasida iliq fikrlar va qiziqish uyg‘otmoqda.






























Izohlar 0
…