62 yoshli Yulduz Usmonovaning shijoatli raqsi barchani lol qoldirdi

62 yoshli Yulduz Usmonovaning shijoatli raqsi barchani lol qoldirdi
Qisqacha

O‘zbek estradasi primadonnasi Yulduz Usmonova ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda o‘ta katta energiya va shijoat bilan ijro etgan raqsi orqali ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. Kuni kecha tarqalgan videoda 62 yoshli san’atkorimiz bir yigit bilan nihoyatda chaqqon harakatlar orqali raqsga tushgani aks etgan. Katta sahnada salobat bilan kuylashiga o‘rganib qolgan muxlislar uchun bu kutilmagan va juda yorqin syurpriz bo‘ldi.

O‘zbek estradasi primadonnasi Yulduz Usmonova yana bir bor internet kengliklarini o‘ziga qaratishga muvaffaq bo‘ldi.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda xonanda kutilmagan, ammo juda yorqin ampluada namoyon bo‘lgan. Uning o‘ta katta energiya bilan ijro etgan raqsi ko‘pchilikni hayratda qoldirmoqda.

Gap shundaki, videoda 62 yoshli san’atkorimiz bir yigit bilan nihoyatda shijoatli va chaqqon harakatlar orqali raqsga tushganini ko‘rish mumkin.

Odatda katta sahnada va muhtasham konsert dasturlarida salobat bilan kuylashiga o‘rganib qolgan muxlislar uchun bu haqiqiy syurpriz bo‘ldi.

Xonanda xuddi 25 yoshli qizlardek sakrab, shunday yengil harakat qilganki, uning jismoniy holatiga barchaning og‘zi ochilib qolishi tabiiy.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar