“Aktrisalikka qaytsammikan?” — Munisa Rizayevaning savoli muhokamalarga sabab bo‘ldi

“Aktrisalikka qaytsammikan?” — Munisa Rizayevaning savoli muhokamalarga sabab bo‘ldi

Xonanda Munisa Rizayeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida muxlislari e’tiborini tortgan videoni ulashdi.

Videoga “Aktrisalikka qaytsammikan?” degan savolni yozib qoldirgan san’atkor muxlislarini qiziqtirib qo‘ydi. Qisqa vaqt ichida ushbu post ostida yuzlab izohlar paydo bo‘ldi.

Videoda Munisa Rizayeva turli obrazlarni ijro etishga urinib ko‘rgan. U xursandchilik, jahldorlik, xafalik, hayrat va uyalish kabi turli hissiyotlarni namoyish etib, aktrisalik mahoratini sinab ko‘rgan.

Muxlislarning aksariyati xonandaning ushbu tashabbusini iliq kutib olib, uni kino va seriallarda yana ko‘rishni istashlarini yozishmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar