“Shunchaki Mariya” yulduzi Sochida faxriy mehmon bo‘ldi

90 yillarda “Shunchaki Mariya” seriali orqali millionlab tomoshabinlar mehrini qozongan meksikalik afsonaviy aktrisa Viktoriya Ruffo Rossiyaning Sochi shahriga tashrif buyurdi.
Mashhur aktrisa ayni kunlarda bo‘lib o‘tayotgan III Xalqaro “Evraziya-Kinofest” festivalining eng e’tiborli va faxriy mehmonlaridan biri sifatida kutib olindi. Uning festivaldagi ishtiroki ko‘plab kino ixlosmandlari va jurnalistlar e’tiborini tortdi.
Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Viktoriya Ruffoga jahon kinematografiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, ko‘p yillik ijodiy faoliyati uchun maxsus mukofot topshirildi.
Aktrisa ayniqsa “Shunchaki Mariya” serialidagi roli bilan MDH mamlakatlarida ham katta shuhrat qozongan bo‘lib, oradan yillar o‘tganiga qaramay uning muxlislari hanuzgacha saqlanib qolgan. Festival mehmonlari afsonaviy yulduzni olqishlar bilan kutib olib, u bilan suratga tushish va muloqot qilish imkoniyatidan mamnun bo‘lishdi.






























Izohlar 0
…