Yulduz Usmonovaning yelkasidagi "yo‘lbars" tatuirovkami yoki nakleyka? Xonanda javob berdi (video)

Yulduz Usmonovaning yelkasidagi "yo‘lbars" tatuirovkami yoki nakleyka? Xonanda javob berdi (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «IntervyuTV»ga bergan intervyusida yelkasidagi yo‘lbars tasviri tushirilgan tatuirovka haqida gapirib, uni Gollandiyada yashagan paytida qildirganini va hozir afsusda ekanligini ma’lum qildi.
  • Xonanda bu ishni yoshlikdagi xatolaridan biri deb atab, yoshlarga bunday ishni qilmaslikni maslahat berdi.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «IntervyuTV»ga bergan intervyusida yelkasidagi yo‘lbars tasviri tushirilgan tatuirovka haqida gapirdi. Xonanda uni Gollandiyada yashagan paytida qildirganini aytib, bugun bundan afsuslanayotganini yashirmadi.

Suhbat davomida jurnalist san’atkordan avvalgi suratlarida o‘ng yelkasida ko‘ringan yo‘lbars tasviri tatuirovkami yoki vaqtinchalik nakleyka ekanini so‘radi. Yulduz Usmonova bu haqiqiy tatuirovka ekanini ma’lum qildi.

«Nakleyka emas. Men tatuirovkani Gollandiyada yashab turgan paytimda qildirgan ekanman. Hali ham oldirolmayapman. Tatuirovka qildirmoqchi bo‘lganlar, iltimos, qildirmanglar. Bu juda yaramas narsa ekan. Qayerlarga bormadim, lekin hozir lazerdan boshqa narsa chiqmagan ekan. To‘liq ketkazib bo‘lmayapti. Yarimi ketdi, qolgan qismi xiralashib qolgan», — dedi xonanda.

San’atkor bu ishini yoshlikdagi xatolaridan biri deb atab, bugungi yoshlarga o‘z tajribasidan kelib chiqib maslahat berdi.

«Men sizlarga bir narsani aytaman: yoshlikda turli xatolarga yo‘l qo‘yganman, ko‘p narsalarni boshimdan o‘tkazganman. Oldinga qarab intilganman. Tatuirovkani ham o‘sha ahmoqgarchilik paytida qildirgan ekanman. Bunday qilmanglar. Bu ahmoqgarchilik», — deya ta’kidladi u.

Boshlovchi xonandaning o‘z xatosini ochiq tan olganini mardlik sifatida baholadi. Bunga javoban Yulduz Usmonova inson avvalo o‘z vijdoni va Alloh oldida javobgar ekanini aytdi.

«Men sizning oldingizda xato qilganimni tan olsam-olmasam, Allohning oldida qanday qilib tan olmayman? Baribir uning oldida javob berishim bor. Agar xatoyim boshqalarga ibrat bo‘lsa, undan saboq olishsin. Bunday ishni qilmanglar, kattalarning gapiga quloq solishga harakat qilinglar», — dedi xonanda.

Ushbu e’tirof ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida ham muhokamalarga sabab bo‘ldi. Izohlarda ko‘plab kuzatuvchilar san’atkorning o‘z xatosini yashirmay tan olganini olqishladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar