11:56 / 04.05.2022
1 163

Jamoa shartnomasiga ko‘ra xodimlar endi yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqariladi

Jamoa shartnomasiga ko‘ra xodimlar endi yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqariladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.

Hujjatga muvofiq 2022 yil 1 iyundan boshlab «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida:
  • jamoa shartnomalariga ish beruvchilar tomonidan xodimlar uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish imkonini yaratish qoidalari kiritiladi;
  • sayohat xarajatlarining bir qismi ish beruvchilarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplab beriladi.

Quyidagilar «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirish uchun mas’ul etib belgilandi:
  • yoshlar, ayniqsa, ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun turizmning tarixiy bilim beruvchi, madaniy-ko‘ngilochar, ekstremal, ekologik, etno- va plyaj turizmi turlari bo‘yicha – Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi;
  • mehnat, mahallalar jamoalari uchun turizmning ishbilarmonlik, ekstremal, ekologik, agro, etnogastronomik turlari bo‘yicha – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi;
  • xotin-qizlar uchun turizmning ziyorat, ma’rifiy, ijtimoiy, madaniy-ko‘ngilochar, ekologik, etnoturizm turlari bo‘yicha – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi;
  • faxriylar, nuroniylar va pensionerlar uchun turizmning ziyorat, tibbiyot, sog‘lomlashtirish turizmi turlari bo‘yicha – Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi va «Nuroniy» jamg‘armasi.

Mazkur mas’ul tashkilotlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha har yili ish beruvchilar bilan birgalikda xodimlar respublika bo‘ylab sayohatga chiqishi uchun sayohat grafiklarini tasdiqlashni hamda sayohatni amalga oshirishni ta’minlaydi.

Shuningdek, qaror bilan Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 1 sentabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish (keshbek) tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jamoa shartnomasiga ko‘ra xodimlar endi yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqariladi